SOTSIONIKA: shaxs turlari va munosabatlar
Xush kelibsiz! | Turlararo munosabatlar

Turlar


Axloqiy-
intuitiv tur-ekstravert
Muallim/
Gamlet

Axloqiy-
intuitiv tur-introvert
Insonparvar/
Dostoyevskiy

Intuitiv-
axloqiy tur-ekstravert
Ruhshunos/
Tom Soyer

Intuitiv-
axloqiy tur-introvert
Nozik qalbli/Yesenin

Axloqiy-
sensoriy tur-ekstravert
Hayotni o'ta sevuvchi/Hyugo

Axloqiy-
sensoriy tur-introvert
Aqidaparvar/
Drayzer

Sensoriy-
axloqiy tur-ekstravert
Siyosatchi/
Tsezar

Sensoriy-
axloqiy tur-introvert
Muomala ustasi/Dyuma

Xush kelibsiz!

Saytning hurmatli mehmonlari!

Saytimizning O'zbek tilidagi sahifasi bo'yicha hali tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Agarda sizni qiziqtirgan ma'lumotni topa o'lmasangiz u holda siz boshqa tillardagi bo'limlarga ko'z yugurtirib chiqishingiz mumkin bo'ladi. Masalan: rus (eng katta bo'limlardan biri), ingliz, litov, nemis, ukrain, farang, ispan, esperanto va eston tillardagi sahifalarga kirib ko'ring.

Drugi jezik? - Change language? - ¿Cambiar idioma? - Andere sprache? - Autre langue? - Ŝanĝi lingvon?

Siz ularni bilasizmi?

Carl-Gustav Jung
Karl Gustav YUNG [JUNG] (1875 - 1961)
Shveytsariyalik psixolog va ruhshunos. U o'z tadqiqotlarida shaxs turlari nafaqat ruhan kasal insonlarda, balki butunlay sog' insonlarda ham uchrab turishini isbotlab berdi. Uning tipologik uslubiga asoslangan holda sotsionika fani hamda qator taniqli testlar – MBTI, Keyrsi (Keirsey) testi va boshqa testlar yaratildi..
Isabel Briggs MAYERS [MYERS] (1897 - 1980)
Kasbi bo'yciha – maktab o'qituvchisi. Yungning ilmiy tajribalariga asoslangan holda o'zining onasi Katarina Briggs bilan birgalikda hozirda AQSHda juda ham keng qo'lanilayotgan Tiplarni aniqlovchi Mayers-Briggs (MBTI) testini amaliyotga kiritdi (uning tajribalariga asoslangan Keyrsining boshqa testi ham ma'lumdir). Ko'pincha u yaratgan nazariyani sotsionika bilan adashtirishadi, lekin ular orasida qator jiddiy farqlanishlar mavjud.
Antoni KEPINSKI (1918 - 1972)
Polyak ruhshunosi. U o'zining “ Ruhiy kasalliklar nevrozi ” nomli kitobida insonlar o'rtasidagi mustahkam munosabatlarning ob'yektiv qonuniyatlarga asoslanganligini tushuntirib beradigan “ma'lumotlar metabolizm” (moddalar almashinuvi) degan tushunchani kiritdi. Keyinroq uning “ma'lumotlar metobolizmi” nazariyasi Yung tipologiyasi bilan bir qatorda A. Augusta tomonidan sotsionikaning asosi deb e'tirof etildi.
Ausra Augustinaviciute
Aushra AUGUSTA (4.04.1927)
Asl familiyasi – Augustinavichyute [Augustinavičiute].
U Vilnyusda (Litva) istiqomat qiladi. Kasbi bo'yicha – moliyachi, keyinchalik – sotsiolog, 1968 yilda Vilnus Pedagogika Instituti oila fakultetining dekani bo'lib ishlagan. Yungning shaxs turlarini “ma'lumotlar metabolizmi” tushunchasi bilar birlashtirgan holda sotsionika – turlararo munosabat nazariyasiga asos soldi.

Odamlar orasidagi munosabatlarni oldindan aniqlab berish mumkin. Nisbatan yangi - 1970 yilning vujudga paydo bo'lgan psixologik nazariya – Sotsionikaning tarafdorlari shunday fikrdalar. Bunday munosabatlar shaxsning 16 turlari orasida vujudga keladi. Ushbu turlardan biriga siz ham kirasiz.

Shaxs turi (sotsiotip) bir kundan keyin ham, bir yildan keyin ham o'zgarib qolmaydi. Psixologik tur, bu insonning tarbiyasi, uning madaniylik darajasi va uning kasbidan farqli o'laroq, insonning atrofidagi muhit bilan ma'lumot va harakat almashish vositasidir. Har bir turning nafaqat kuchli tomonlari, balki zaif tomonlari ham mavjud va shu sababdan ba'zan biron bir narsada mukamallik bo'lishi uchun boshqa narsada zaiflik bo'lishi tabiiy holatdir. Ayrim hollarda bir turga mansub bo'lgan insonlar o'zaro qarindosh bo'lmasalar ham bir-birlariga egizakdek o'xshash bo'ladilar. Balki tur irsiy tomondan “programmalashtirib” qo'yilgandir.

Sotsionika nazariyasiga ko'ra munosabatlar ko'proq tarbiyaga emas, balki shaxs turiga bog'liqdir. Lekin, shunga qaramasdan, psixologiyada insonlararo munosabatlar bo'yicha turli xil nazariyalar mavjud. Ko'pgina psixologlar inson fe'l-atvori o'zaro munosabatlarga hech qanday aloqasi yo'q va hamma narsa faqatgina insonning madaniy va ijtimoiy darajasi, tarbiyasi, kasbi va boshqa insonlarga bog'liq deb e'tirof etishadi. Shu bilan birga insonlar fe'l-atvori va ularning munosabatlari orasidagi bog'liqlik mavjudligini tan oladiganlarning orasida ham qarashlar farqlanadi. Suqrotning o'zi hatto “Qaysi do'st yaxshiroq – menga juda o'xshab ketadiganmi yoki mendan butunlayin farq qiladiganimi?” degan savolga javob topib bera olmagan.

Sotsionika turlar orasidagi munosabatlarni ularning o'zaro moslik darajasiga qarab belgilaydi. Masalan, ikkita bir-biriga aynan o'xshash turlarning munosabati har doim ham yaxshi bo'lavermaydi. Ular bir-birlarini yarim so'zdan tushunishlariga qaramasdan ayrim muammolar oldida bir xil darajada ojizdirlar. Ya'ni bunday oilalarda o'zaro yordam juda ham past darajada. Lekin butunlay turlicha bo'lgan turlarning munosabatlari yanada salbiy bo'lib ular orasida doim janjal bo'lishi odatiy holga aylangan. Munosabatlarning aniq mezoni bormi?

Bu mezonning nomi ikki taraflilikdir, ya'ni psixologik bir-birini to'ldirishga asoslangan munosabatlar mavjudligi. Sotsionika 16 turni 8ta bir-birini to'ldiruvchi yoki ikki tarafli turlarga bo'ladi. Shunday turlarning munosabatlari bir-birlariga yaqin bo'lgandagina juda mustahkam bo'ladi (masalan, oilaviy munosabatlarda).

Sotsionika qo'llaniladigan asosiy sohalar: pedagogika (o'qituvchi va talaba/o'quvchi orasidagi munosabatlarni, o'quv materiallarini o'zlashtirilish muammolarini o'rganish), oilaviy maslahat (turmushga chiqish va ajralish, yosh o'tishi bilan paydo bo'ladigan muammolar), kadrlar bo'yicha maslahat (biror kasbga yo'naltirish, mehnat jamoasiga qo'shila olish, jamoaning tarkibiga asoslangan holda korxona strategiyasini shakllantirish), yirik ilmiy tadqiqotlar (matematik modellashtirish, genetika, ruhiy fiziologiya, morfologiya – sotsioturlarning tashqi parametrlari), psixologik o'yin va trening-mashg'ulotlar.

Agar savollaringiz bo'lsa, javob berishga tayyorman!

???i???? ?????
Dmitriy Litov

Sayt asoschisi

Temur Davronov
Tarjimon

UzTranslations -
Îáðàçîâàòåëüíûé ïîðòàë äëÿ ïåðåâîä÷èêîâ è ôèëîëîãîâ

Turlar


Mantiqiy-intuitiv tur-ekstravert
Tadbirkor/
Jek London

Mantiqiy-intuitiv tur-introvert
Tahlilchi/
Robiyesp'er

Intuitiv-mantiqiy tur-ekstravert
Xayolparast-ixtirochi/
Don Kixot

Intuitiv-mantiqiy tur-introvert
Tanqidchi/
Balzak

Mantiqiy-sensoriy tur-ekstravert
Ma'mur/
Shtirlits

Mantiqiy-sensoriy tur-introvert
Nazoratchi/
Maksim Gorkiy

Sensoriy-mantiqiy tur-ekstravert
Qo'mondon/
Jukov

Sensoriy-mantiqiy tur-introvert
Usta/
Jan Gaben
Rambler's Top100